20:20 Dushanba 04 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Bir asar tarixi” rukni doirasida adabiy taqdimot

04.08.2025
15

2025-yil 4-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun” va “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari doirasida “Bir asar tarixi” rukni ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Axborot-resurs markazida tashkil etilib, unda institut talabalari faol ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri – xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda asarning yaratilish tarixi, asosiy g‘oyasi va muallif ijodiga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan qayd etilishicha, “Dunyoning ishlari” – avtobiografik ruhdagi qissa bo‘lib, unda yozuvchi Ikkinchi jahon urushi yillarida kechgan bolalik hayoti orqali o‘z onasining aniq portretini yaratgan. Asarda oddiy xalq hayoti, turmushdagi sinovlar, mehr-oqibat va sabr-toqat singari umuminsoniy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

Tadbir davomida talabalar e’tiboriga ushbu asar asosida tayyorlangan qisqa metrajli buktreyler namoyish etildi. Yoshlar tomonidan asarning asosiy mazmuni, hayotiy saboqlari va o‘qishga undovchi jihatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Taqdimot ishtirokchilari yozuvchining til ohangi, obrazlar hayotiyligi hamda ona siymosi orqali ifodalangan qadriyatlarni alohida e’tirof etdilar.

Ushbu tadbir institutda talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularda adabiy-estetik tafakkurni shakllantirish va milliy adabiyotimiz durdonalarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi. Yakunda “Dunyoning ishlari” asari talabalarga o‘qish uchun tavsiya qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?