Bir haftada — bir kitob: ma’naviyatga yo‘l
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faollari tashabbusi bilan navbatdagi “Bir haftada – bir kitob” loyihasi o‘zgacha ruhda o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida turli tanlovlar, savol-javoblar, ijodiy chiqishlar, qiziqarli kitob tavsiyalari hamda mushoiralar uyushtirildi.
Tarixga nazar tashlansa, har bir yuksak jamiyat poydevorida bilimli, ma’naviyatli va tafakkurli yoshlar turadi. Bu yo‘lda esa kitob – inson ma’naviyatining tolmas qanoti, yoshlar tafakkurini yuksaltiruvchi va jamiyat taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi asosiy vositadir.
Buyuk ajdodlarimiz ham yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni benihoya katta ekanini ta’kidlaganlar.
Kitob – ijod, tafakkur va ma’rifat timsoli. Shunday tadbirlar orqali yoshlar ongiga ushbu yuksak qadriyatlar singib borayotgani esa quvonarli holat.