Bitiruvchilarga motivatsiya, tajriba va yo‘nalish!
2025-yil 10-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Biznes marafon” motivatsion seminar-treninglari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bitiruvchi kurs talabalari ham faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida:
• Taniqli va muvaffaqiyatli tadbirkorlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi;
• Mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari bitiruvchilarga kasb tanlash, bozor talablari va startaplarni boshlash bo‘yicha foydali maslahatlar berishdi;
• Soha mutaxassislari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar bitiruvchilarning kelajakdagi mehnat faoliyatiga yo‘nalish berib, ularda ishonch va mas’uliyat hissini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi davr – yangi imkoniyatlar sari birgalikda harakat qilamiz!