🔊
11:45 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ” SHIORI OSTIDA TADBIR O‘TKAZILDI

14.04.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ishtirokida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Avtomatlashtirish va dasturiy injiniring” kafedrasi tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik hamda inson salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim jihatlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, zararli odatlardan voz kechish hamda salomatlikni asrashga oid fikr-mulohazalar almashildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?