23:21 Yakshanba 15 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Chexiya Respublikasining Liberec texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

14.06.2025
42

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti delegatsiyasi Chexiya Respublikasining Liberec texnika universitetida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Shartnoma doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy-innovatsion loyihalar, jumladan Erasmus dasturlari hamda qo‘shma ilmiy nashrlar yo‘lga qo‘yiladi.

TTYSI delegatsiyasi tarkibida prorektor Baxtiyor Nasimov, Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Nurmuhammad Xudayberdiyev va To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professori Nilufar Xanxadjayeva ishtirok etdilar. Liberec Texnika Universiteti tomonidan uchrashuvda professor Michal Vik qatnashdi.

Uchrashuv davomida institut delegatsiyasi Liberec texnika universitetining laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?