05:10 Juma 04 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Chizmatasvir” va “Kompozitsiya” fanlaridan kirish imtihonlari jadvali e’lon qilindi

03.07.2025
110

8–10-iyul kunlari “Dizayn” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar uchun “Chizmatasvir” va “Kompozitsiya” fanlaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlar belgilangan kunlari 1-smenada, ertalab soat 08:00 da boshlanadi.

Chizmatasvir fanidan abituriyent quyidagi jihozlarga ega bo‘lishi lozim:

turli grafit qalamlar

o‘chirgʻich

50x70 sm hajmdagi qogʻoz tortilgan planshet

qalam ochgich

Kompozitsiya fanidan talab etiladigan jihozlar:

50x70 sm hajmdagi qogʻoz tortilgan planshet

har xil grafit va rangli qalamlar

o‘chirgʻich

bo‘yoqlar

ruchkalar

Imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘ring va belgilangan sana hamda vaqtda qatnashishni unutmang.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?