13:25 Chorshanba 26 Noyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Olmaota texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

24.11.2025
28

Joriy yil 24-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Qozog’iston davlatining Olmaota texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda, Olmaota texnologiya universiteti birinchi prorektori Baurjan Nuraxmetov va sifat va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i Dinara Orazalina ishtirokidagi delegatsiyani qabul qilindi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan uchrashuvda birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ismailjon Bulanov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Viktoriya Lyamkina ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida kelajakdagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, xususan, qo‘shma ta’lim dasturini ochish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish masalalarini samarali muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida ikki tomomlama Hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hujjat kelgusida qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Olmaota texnologiya universiteti delegatsiyasi institutimizda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalarni ham katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirib, ilmiy-tadqiqot bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun: Olmaota texnologiya universiteti – 1957-yilda tashkil etilgan. Universitetda 3 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 8 ta laboratoriya va 13 ta ta’lim-oliy ilmiy markaz faoliyat olib boradi. Shuningdek, QS (Quacquarelli Symonds) jahon universitetlari reytingida 1001–1200 oraligʻida baholangan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?