“Dekan kubogi” sport o‘yinlari do‘stlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etdi
Bugun Dizayn va texnologiyalar fakulteti tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar ligasi” sport o‘yinlari tashkil etildi.
“Dekan kubogi” doirasida fakultet talabalari va mahalladagi 18–30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuv jarayonida sport ruhidagi do‘stona muhit va faol ishtirok kuzatildi.
Sport – bu sog‘lom hayot, tarbiya va jismoniy kamolotning muhim omilidir. Ta’lim muassasamizda sport bilan shug‘ullanish keng ommalashib borayotgani quvonarli hol.