15:45 Shanba 19 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI delegatsiyasi Tojikistondagi xalqaro ilmiy hamkorlik forumida

10.04.2025
57

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov boshchiligidagi delegatsiyasi “Yevrosiyo hududida ilmiy hamkorlik: raqamlashtirish va sun’iy intellektni qo‘llash orqali sanoatni modernizatsiya qilish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

Mazkur forum Tojikiston texnologiya universitetining 35 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashning muhim omili sifatida alohida e’tirof etildi.

Forum doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov nomiga minnatdorchilik ifodasi sifatida tashakkurnoma ham topshirildi. Bu e’tibor TTYSIning xalqaro miqyosdagi faoliyati, o‘zaro manfaatli hamkorlik va ilmiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi hissasiga berilgan yuksak bahodir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?