DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o’tkazildi.
26-dekabr kuni o’tkazilgan majlisga institut prorektori, texnika fanlari doktori, professor Xalida Kamilova boshchilik qildi.
Xo‘jayev Rasulbek Qadamboyevichning 05.06.02 – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xomashyodan “Djinsi” tо‘qimasini yangi assortimentini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.