“Dolzarb 90 kun” doirasida maktab bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
“Dolzarb 90 kun” doirasida maktab bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
9-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Iqtisodiyot” fakulteti rahbariyati tomonidan fakultetga biriktirilgan Sergeli tumani “Oltin Vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 237-sonli maktabda uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va hudud yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda tegishli kelishuvlarga erishildi.