“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida navbatdagi foydali uchrashuv tashkil etildi
Fakultet dotsenti M.Agzamov tomonidan institutga biriktirilgan mahalla yoshlari uchun “3D modellashtirish” bo‘yicha amaliy-mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulot yoshlar orasida zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni oshirish, ularni yangi avlod sanoat texnologiyalari bilan tanishtirish va muhandislik sohasiga yo‘naltirishga qaratildi.
Mahorat darsida ishtirokchilar 3D modellashtirish dasturlarining asoslari, modellar yaratish bosqichlari, ularning real ishlab chiqarishdagi o‘rni va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlar tomonidan yaratilgan namunaviy loyihalar namoyish qilindi va muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassisdan amaliy tavsiyalar olishdi.