19:00 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Erasmus+ Haftaligi 2025 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari ishtirokida boshlandi!

06.05.2025
45

2025-yil 5-may kuni Oriental Universityda Erasmus+ Haftaligi 2025 doirasida universitetlar uchun axborot sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ milliy ofisi hamda HEREs ekspertlari hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda institutimiz vakillari ham faol ishtirok etdi. Sessiyada Erasmus+ dasturining dolzarb yo‘nalishlari, 2026-yilgi tanlov imkoniyatlari hamda CBHE Strand 1 — ta’limni modernizatsiya qilish komponentlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Alohida ta’kidlash joizki, sessiyada institutimiz hamkorligida amalga oshirilayotgan TEX4FUTURE loyihasi taqdimoti katta qiziqish uyg‘otdi. Loyiha vakillari — Dilrabo Tursunova va Dilfuza Maqsudova ta’lim dasturlarini yangilash, sanoat bilan integratsiyani kuchaytirish va barqaror innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Yangi o‘quv modullari va spin-off tuzilmalarni shakllantirish bo‘yicha rejalar muhokamalarga sabab bo‘ldi hamda boshqa OTM vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?