Erta tongdan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Talabalar turar joyida Dizayn texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirokida sport mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi
Mazkur mashg‘ulotlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarni jismonan chiniqtirish va ularning kunini faol boshlash maqsadida o‘tkazildi.
Institutda bunday sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar, sport musobaqalari va turnirlarni muntazam o‘tkazish hamda ularni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev