Yongʻin xavfsizligiga oid tadbir boʻlib oʻtdi
Bugun, 9-yanvar kuni institutimizda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Yakkasaroy tumani “Favqulodda vaziyatlar boʻlimi” profilaktika va nazorat boʻlimi hamda “Yakkasaroy tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi vakillari qatnashdi.
Tadbirda Bugun, 9-yanvar kuni yongʻin xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan xavfsiz foydalanish qoidalari; zarur hollarda institutda maxsus shtab tashkil etib, kommunal xizmatlarda uzilishlar kuzatilgan taqdirda tezkorlikda mutassadi tashkilotlarga xabar berish; sodir boʻlgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish xususida soʻz olib borildi.