22:45 Dushanba 27 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi!

27.10.2025
13

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi II-bosqich — fakultetlararo institut birinchiligining qizlar o‘rtasidagi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada har bir fakultetdan 8 nafardan qiz talaba ishtirok etib, jamoalar o‘rtasida g‘oliblik uchun murosasiz bellashuvlar o‘tkazildi.

Bellashuvlar davomida talaba-qizlar o‘z jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etishdi.

Turnir yuqori ruhda o‘tdi va g‘olib jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?