06:52 Shanba 19 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Rahbar va ustozlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

14.04.2025
48

14-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Rahbar va ustozlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov boshchilik qildi. U o‘z nutqida ta’lim-tarbiya jarayonida ustozlarning o‘rni va ularning yoshlar hayotiga ta’siri haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ustozlarning tajribasi, mas’uliyati va fidoyiligi bugungi kunda yurtimiz kelajagi uchun naqadar muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida rahbarlar va ustozlar o‘zaro tajriba almashishdi, dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Fikr va takliflar eshitilib, istiqboldagi rejalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar ustozlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va institut rivojiga xizmat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?