Hamkorlik, do‘lik va natija – TTYSI va UrDIU aloqalarining yangi bosqichi
Yangi O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot yo‘lida nafaqat ichki siyosatning oqilona qurilganligi, balki mintaqadagi o‘zining baynalminal qarashlari va mustahkam xalqaro hamkorlik va do‘stlik aloqalari bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Yodingizda bo‘lsa joriy yilning 24 aprelida Ural davlat iqtisodiyot universitetidagi XIV “Rossiya–Yevrosiyo–Jahon. Integratsiya–Rivojlanish–Istiqbol” nomli Yevrosiyo iqtisodiy forumi doirasida institutimiz birinchi prorektori B.Nasimov Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Yakov Silin janoblari bilan hamkorlik memorandumini imzolashgan edi.
Institutning ichki tashkiliy chora-tadbirlari bilan bir qatorda xalqaro munosabatlar doirasidagi faoliyat operativ tashkil etilganligi hamda ikki bilim yurti o‘rtasidagi do‘stlik aloqalariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qaratilgan samarali eʼtibor natijasi o‘laroq, 15 iyul kuni institutimizda uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda shaxsan rektor Silinning o‘zi qatnashdi.
Xorijiy delegatsiya vakillarini institut yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov kutib oldi.
Qabulning yalpi qismida Yakov Petrovich Baxtiyor Nasimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi unda juda katta taassurot qoldirgani, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolda har ikki tomon manfaatli kelishuvlarga erishishi mumkinligini taʼkidlab qo‘shimcha qildi: “Bir-birimizni juda yaxshi taniymiz. Institutning har tomonlama qo‘li baland – hukumatning qo‘llab-quvvatlashi, mintaqada hech qanday raqobatchingiz yo‘qligiyu yo‘nalishning o‘ziga xosligi va unga bo‘lgan talabning yuqoriligi biz uchun sizning hamkoringizga aylanishni dolzarb etib qolmay, shu bilan birga osonlashtiradi ham”,–deydi.
Barpo etilajak hamkorlikka yana-da akademik tus berish uchun rektor institutimiz professorlarini sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ural – drayver va ishlab chiqarish” nomli forumga taklif etdi. Suhbat chog‘icha Baxtiyor Nasimovich institutning kelajakdagi rejalari xususida so‘z ochdi. Yengil sanoat tarmoqlarining har biri bo‘yicha institutda tor doiradagi yo‘nalishlar va ularga tegishli moddiy texnik baza mavjudligi, hamda hukumatning oliy taʼlim muassasalari uchun yaratib berayotgan imkoniyatlari institutda “CHOK” brendi ostida ishlab chiqarish tez orada yo‘lga qo‘lishi kelgan mehmonlarga ochiqlandi.
To‘qimachilik institutining ishlab chiqarish va texnik salohiyatidan xabar topgan Ural delegatsiyasi aʼzolaridan biri, UrDIU qoshidagi masofaviy taʼlim instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Yekaterina Yalunina tomonidan TTYSI do‘konlari filiallarini Yekaterinburgda ham ochish hamda “To‘qimachilik Savdo uyi” (Torgoviy dom tekistilya) Savdo majmualari rahbariyati bilan hamkorlik o‘rnatish va Ural ichki bozoridan munosib o‘rin egallash taklifi berildi.
Uchrashuvda Ural delegatsiyasi tomonidan institutimizda amaliyotda yo‘lga qo‘yilgan dual taʼlim tizimiga katta qiziqish bildirildi. Tizimning qulayligi, uning istiqbollari va o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda UrDIU rektori TTYSI talabalari uchun Uralda amaliyot tashkil etish taklifini oqladi.
Hamkorlikning bu kabi samarali va manfaatli burilishidan ilhomlangan UrDIU rektori “O‘zbekiston – mintaqadagi to‘qimachilik sohasi bo‘yicha lokamativ mamlakat”, deydi va mamlakatda bu soha kecha paydo bo‘lmaganini, u yuz yillar davomida shakllanganini qo‘shimcha qildi.
“Hamkorlik faqat va faqat siz bilan o‘rnatilishi lozim. Biz turk mahsulotlaridan voz kechib o‘zbek ishlab chiqaruvchilariga yaqinlashishimiz lozim”, deya iddao qiladi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dmitriy Andreyevich Krax.