🔊
07:51 Juma 08 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

HUANSI KOMPANIYASI BILAN O‘ZARO MULOQOT YANGI BOSQICHDA DAVOM ETMOQDA

21.04.2026
12

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichda izchil davom etmoqda.

Mazkur tashrif doirasida institut birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi vakillari Xitoyning to‘qimachilik sohasi uchun raqamli yechimlar va intellektual texnologiyalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan Huansi kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Tashrif davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan atroflicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda to‘qimachilik sanoatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?