HUANSI KOMPANIYASI BILAN O’ZARO MULOQOT YANGI BOSQICHDA DAVOM ETMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. Kompaniyasi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda.
Institut birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari Xitoyning to‘qimachilik sohasi uchun raqamli yechimlar va intellektual texnologiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, bu borada professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o’zaro amaliy tajriba almashish, shuningdek, zamonaviy ERP va MES tizimlari hamda smart manufakturing texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari ko’rib chiqildi.
O’zaro muloqot jarayonida institut huzurida to‘qimachilik va yengil sanoat uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy laboratoriya tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.