00:41 Seshanba 22 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

IELTS Speaking bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

19.04.2025
16

18-aprel kuni institutimizda Yarmouk va Harvard universitetlarini tamomlagan, marketing, biznes menejment va ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassis professor Muhannad Darwish ishtirokida talabalar uchun IELTS Speaking bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida talabalar xalqaro imtihonning og‘zaki bo‘limiga oid muhim jihatlar, samarali tayyorgarlik strategiyalari hamda real hayotiy misollar orqali muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

Shuningdek, professor Darwish institutimiz O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasiga ingliz tiliga oid bir qator noyob xorijiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar talaba va o‘qituvchilar uchun foydali ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?