Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda institutimizning iqtidorli talabalari hamda malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan amaliy, texnologik va kreativ loyihalar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan loyihalar:
• zamonaviy tekstil mahsulotlari,
• ekologik toza materiallar,
• raqamli texnologiyalarga asoslangan echimlar,
• yengil sanoatga oid innovatsion ishlanmalarni o‘z ichiga oldi.
Tadbirda, shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligidan vakillar ham ishtirok etishdi. Ular institutimizda amalga oshirilayotgan ilmiy-texnik loyihalar bilan yaqindan tanishib, kelajakda ularni keng miqyosda ishlab chiqarishga joriy etish, sanoat korxonalari bilan integratsiyalashuv va tijoratlashtirish bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Bunday tashabbuslar yosh olimlar va ijodkor talabalar uchun nafaqat bilim maydonida, balki real ishlab chiqarish jarayonida ham o‘z o‘rnini topishiga mustahkam zamin yaratmoqda.