INSTITUT JAMOASI "MEN DONORMAN" AKSIYASIDA FAOL ISHTIROK ETDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Respublika qon quyish markazi hamkorligida “Men donorman” xayriya aksiyasi bo’lib o’tdi.
Insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, bemorlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish hamda donorlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan aksiya doirasida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan institut hududida donorlik qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Unda institut jamoasi faol ishtirok etdi.