21:39 Seshanba 03 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

INSTITUT KENGASHI YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

24.02.2026
16

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda joriy o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Dizayn va texnologiyalar fakulteti faoliyatini kompleks o‘rganish natijalari muhokama etilib, erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, joriy o‘quv yilining kuzgi semestr yakuniy baholash natijalari va sifat ko‘rsatkichlari, bahorgi semestrga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan tartib asosida institutda ijro intizomini monitoring qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Bundan tashqari, institut huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktorining hisoboti, Yoshlar masalalari bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘ining tyutorlar malaka oshirish natijalari bo‘yicha ma’ruzalari eshitildi.

Yig‘ilish davomida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari hamda ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimini joriy va kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalari atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?