17:47 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi TTJni ko‘zdan kechirdi

01.05.2025
77

30-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi institutga qarashli talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, tozalik, gigiyena holati hamda talaba qizlarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv davomida talaba qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, taklif va fikrlari tinglandi. Shuningdek, TTJdagi kutubxona, o‘quv xonalari, dam olish joylari va oshxonalar ham ko‘rib chiqildi.

Maslahatchi tomonidan talabalar uchun xavfsiz, qulay va sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Institut rahbariyati talaba-yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ayniqsa qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni doimiy e’tiborda ushlab kelmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?