Institut Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tayinlandi
Davlatimiz rahbarining hokimiyati ilk kunlaridan boshlab yoshlar va ularning kelajagiga bo‘lgan eʼtibor yangi pog‘onaga chiqdi. Ularning oqilona siyosati mevasi o‘laroq Yoshlarga oid davlat siyosati tarix zarvaraqlariga muhrlandi.
Siyosat, uning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni va sarafroz istiqboliga bugun yana bir bor guvoh bo‘ldik. Yoshlar yetakchisini tayinlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Talabalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzod – Suhrob Sadullayev yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda Yoshlar ittifoqi BT yetakchiligiga tantanali tayinlandi va unga ishonchyorlig‘i topshirildi.
Biz uning faoliyatiga omad tilab qolamiz!