Institutimizda yangi qo'shma dastur tashkil etilishi mumkin!
Bugun, 4-fevral kuni Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, doktor Huseyn Hesen bilan onlayn muloqot qildi.
Muloqot davomida ikki oliygohning kelgusidagi hamkorlik rejalari xususida so'z bordi. Xususan institutimizda qo'shma ta'lim dasturini joriy etish hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, professor o‘qituvchilar stajirovkasi va o‘zaro almashinuv dasturlari muhokama qilindi.