🔊
22:08 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

IQTIDORLI MUHANDISLAR INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAGI BITIM IMZOLANDI

24.04.2026
12

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Chjetszyan ilmiy-texnika universiteti prezidenti — professor Venshin Chen, Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiya tarkibida xalqaro almashinuv va hamkorlik ofisi direktori Lyu Yuanyuan hamda zamonaviy to‘qimachilik materiallari va tayyorlash texnologiyalari bo‘yicha asosiy laboratoriya direktori Syaomin Chju, shuningdek professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirok etdi.

Uchrashuvda birinchi prorektor B.Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani O.Ortiqov qatnashdi.

Tomonlar hamkorlik istiqbollarini, jumladan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida “Iqtidorli muhandislar instituti”ni birgalikda tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Delegatsiya institutning laboratoriya bazasi bilan ham tanishtirildi. Ushbu hamkorlik universitetlarimiz o‘rtasida fan va ta’lim integratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?