Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tanlovning Toshkent viloyati Bo'ka va O'rta chirchiq tumani saralash bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich bilan quyidagi 3 nafar talabalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib 5 million 625 ming so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘lishdi. Bular:
- Jononova Shaxzoda - Dizayn va texnologiyalar fakulteti
- Halimova Sevinch - To'qimachilik muhandisligi fakulteti
- Baxtiyorova Rayhona - Sanoat texnologiyalari fakulteti
E'tiborlisi shundaki, tanlovning tuman bosqichida 2 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan.