15:52 Dushanba 23 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’RIFIY-TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

13.02.2026
58

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, diniy savodxonlikni oshirish hamda turli zararli g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Shu maqsadda 13-fevral kuni institutda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Nurulloxon Mukaramxonov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov, shuningdek tuman hokimligi mutaxassisi hamda institutga biriktirilgan profilaktika inspektori ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida diniy sohada sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlarni ekstremistik va radikal oqimlardan asrash, diniy bilimlarni to‘g‘ri manbalardan olish, ijtimoiy tarmoqlardagi turli xatarlar hamda ularning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarni tanqidiy fikrlashga undash, ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, mavzu yuzasidan ochiq muloqot olib bordilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?