21:26 Dushanba 28 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

23.04.2025
64

2025-yil 23-aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti hamda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan mutafakkirlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda faxriy mehmon sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Hoshimjon Hakimovich Ahmedov ishtirok etdi.

Davra suhbatida yurtimiz tarixida ilm-ma’rifatni ulug‘lagan, qalami va fikri bilan jaholatga qarshi kurashgan buyuk mutafakkirlar hayoti va ularning ilmiy merosi xususida fikr yuritildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?