16:36 Juma 27 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Kadrlar tayyorlash borasida institut bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib keladigan “Bek Mega Textile” kompaniyasi mutaxassislari bilan talaba yoshlarning uchrashuvi bо‘lib о‘tdi

11.10.2024
30

Ochiq suhbat shaklida bо‘lib о‘tgan uchrashuvda Dizayn, Kimyoviy texnologiya va Trikotaj texnologiyasi yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Korxonaning HR menejerlari talabalarga korxonada dual ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, talabalar amaliyotini tashkil etilishi, yoshlarni korxonaga ishga qabul qilishning shart-sharoitlari hamda korxonadagi mavjud bо‘sh ish о‘rinlari tо‘g‘risida ma’lumotlar berib, ularni korxonada dual ta’lim asosida tahsil olishga va amaliyot o‘tash uchun borishga taklif etishdi.

Talabalar korxonada dual ta’lim asosida tahsil olish va amaliyot o‘tash jarayonida beriladigan imkoniyat va shart-sharoitlar bo‘yicha о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga korxona mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?