“Kasb egasi” dual taʼlim tizimi asosida hamkorlik shartnomasi imzolandi
11-iyun kuni institut rahbariyati tashabbusi bilan “Virtus Tricot” MCHJ oʻrtasida “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi asosida oʻqitishni tashkil etish, talabalarga amaliy bilimlarni egallashlari uchun sharoit yaratish, talabalar amaliyotini tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning ishlab chiqarishdagi qisqa muddatli stajirovkalarini korxonada oʻtkazish boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnoma maqsadlaridan kelib chiqib “Virtus Tricot” MCHJda “Korporativ boshqaruv” kafedrasi filialini tashkil qilish boʻyicha qoʻshma buyruq imzolandi. Hamkorlikning amaliy natijasi sifatida korxonada bir nafar magistrlik dissertatsiyasi hamda bir nafar bitiruv malakaviy ishi himoyasi boʻlib oʻtdi. Bitiruvchilarning izlanishlari ishlab chiqarish korxonasi vakillarida qiziqish uygʻotdi.