🔊
20:36 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“KELAJAK MUHANDISLARI” XALQARO FESTIVALIGA START BERILDI

28.04.2026
12

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nodir Mirzayev ishtirok etdilar.

Festival doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda yoshlar o‘z g‘oyalari va ishlanmalarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

Shuningdek, uch kun davomida robototexnika, dron texnologiyalari, aviatsiya, 3D modellashtirish hamda startaplar yo‘nalishlarida 30 dan ortiq musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yoshlarning muhandislik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalarni keng targ‘ib etish mazkur festivalning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?