03:09 Seshanba 17 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Kimyo va matbaa muhandisligi” kafedrasi bitiruvchilari korxonada o‘z loyihalarini himoya qildilar

16.06.2025
27

Toshkent shahridagi “Zilol Textile” qo‘shma korxonasida “Kimyo va matbaa muhandisligi” kafedrasining 60710100 — «Kimyoviy texnologiya (to‘qimachilik sanoati)» hamda 60720600 — «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Bitiruvchilar o‘z ilmiy-amaliy loyihalarini Davlat Attestatsiya Komissiyasi va korxona vakillari e’tiboriga taqdim etib, to‘rt yillik ta’lim davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Komissiya a’zolari, ayniqsa, talabalarning ma’ruzalarida “Dual ta’lim — kasb egasi” tamoyiliga asoslangan ko‘nikmalar yaqqol sezilgani, ularning real ishlab chiqarish muhitiga moslashuvi yuqori darajada ekanini alohida e’tirof etdilar.

Mazkur jarayon nafaqat talabalar uchun muhim bosqich, balki korxona bilan hamkorlikning amaliy ifodasidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?