“Kitobxon yoshlar ligasi” – bilimdonlar bellashuvi!
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va ijodiy tafakkurni rag‘batlantirishdan iborat.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlari sevgan kitoblar asosida savol-javob, erkin suhbat va muhokama shaklida bellashishdi.
G‘oliblar bilim darajasi, nutq madaniyati va kitob mazmunini tushunib yetganlik darajasi asosida aniqlanadi.
Ushbu loyiha kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi va yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga chorlaydi.