“Kitobxon yoshlar ligasi” – bilim va tafakkur musobaqasi
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi online va offline shakllarda tashkil etildi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘qigan asarlari asosida savol-javoblar, ijodiy topshiriqlar, muloqot va muhokamalarda qatnashib, bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar.
Faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan talabalar taqdirlandi.
Kitob – fikrlar charxi, tafakkur quroli.
O‘qing, o‘rganing, o‘zgarishga qadam tashlang!