“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
15-may kuni “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida profilaktik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli qo‘shma qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori mayor A. Tadjibayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M. B. Saydivalixonovich, bosh mutaxassis S. A. Abdumannob o‘g‘li, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari hamda 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni oldini olish choralari, videolavhalar orqali tushuntirishlar berilib, yoshlar ogohlikka chaqirildi.