20:06 Seshanba 03 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

26.02.2026
11

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, institut talabalari uchun kelgusida yaratiladigan yangi shart-sharoitlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Talabalarga nufuzli oliy ta’lim muassasalarida grant dasturlari asosida malaka oshirish va akademik tajriba orttirish imkoniyatlari mavjud ekani ta’kidlandi. Bu kabi imkoniyatlar yoshlarning kasbiy rivoji va xalqaro tajribaga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyot fakultetida jahon fond birjalari faoliyatini doimiy kuzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur tashabbus orqali talaba-yoshlar global moliyaviy bozorlarda yuz berayotgan jarayonlarni real vaqt rejimida tahlil qilish, dunyo iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni muntazam o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, talabalarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlar biznes inkubatori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Sport yo‘nalishida ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, institutda faoliyat yuritayotgan sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklariga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda tegishli sport federatsiyalaridan sport ustalarini jalb etish borasida amalaga oshirilayotgan ishlar haqida yoshlarga ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, institutda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiya asosida bir qator ishlar olib borilayotganligi aytib o’tildi. Hozirgi kunda har bir fakultetning asosiy binosida kitob burchaklari tashkil etilib, talaba-yoshlar uchun qulay o‘quv muhiti yaratilgan. Kelgusida esa mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida rag‘batlantirish mexanizmlari va tizimli chora-tadbirlar joriy etilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish hamda dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur muloqot yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?