“Loyiha, g‘oyalar va start-up” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
2025-yil 22-yanvar kuni institutda “Yoshlar Akademiyasi Liderlari” tomonidan “Loyiha, g‘oyalar va start-up”larda ishtirok etish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda turli oliy taʼlim muassasalarining yosh yetakchilari ishtirok etib, talabalarga innovatsion loyihalarda qatnashish, start-up loyihalarini yaratish va tanlovlarda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha o‘z tajribalarini ulashdilar.
Seminar davomida institut talabalari Yoshlar Akademiyasining “Bo‘lajak olim”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” va “Start-up” kabi loyihalari hamda tanlovlari haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir talabalarning g‘oya va loyihalar yaratishdagi qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb qilishga xizmat qildi.