23:35 Payshanba 17 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Ma’rifat darsi”da – siyosiy-ijtimoiy yangiliklar tahlili

14.04.2025
54

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Xushvaqtov olib bordi.

Dars davomida talaba-yoshlar bilan mamlakatimizda hamda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan siyosiy-ijtimoiy voqealar tahlil qilindi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari bilan uchrashuvi, chegara masalasida tarixiy shartnomaning imzolanishi, “Do‘stlik stelasi” ochilishi mintaqaviy barqarorlik sari muhim qadam sifatida baholandi.

Shuningdek, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti, Samarqanddagi xalqaro iqlim forumi, Xitoy bilan oliy ta’lim va raqamli sohalardagi hamkorlik masalalari, “yashil” energetika tashabbuslari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?