🔊
11:34 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

MEHNAT BOZORIGA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

13.04.2026
4

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar yetkazib berish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur trening “IECA EDU TECH” hamda “IECA” agentligi direktori Saida Mirhamidova tomonidan olib borildi.

Seminar davomida talabalarga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yengil sanoat, xususan, tekstil korxonalari uchun savdo menejerlarini tayyorlash, zamonaviy mehnat bozori talablari hamda ishga joylashish jarayonlarida muhim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar yakunida agentlik tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslariga institut talabalari qabul qilinib, ularning kasbiy rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

Mazkur seminar-trening talabalarni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?