“NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH – INSONNI ULUG‘LASHDIR!"
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir doirasida institut hududida bir nechta tematik maydonlar tashkil etilib, ular orqali milliy taomlar, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari uyg‘un holda namoyish etiladi. Turli hududlarga xos milliy urf-odatlar, an’ana va tarixiy-madaniy meros namunalari, hududiy xalq og‘zaki folklor ijodi hamda milliy taomlar namoyish etildi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabovning Navro'z umumxalq bayrami munosabati institut jamoasiga yo'llangan tabrigini birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov o'qib eshittirdi.
Tadbir markazida mehmonlar va professor-o‘qituvchilar uchun alohida dam olish hududi tashkil etilib, stol-stullar bilan jihozlanadi. Shuningdek, maxsus sahna qurilib, tasdiqlangan ssenariy asosida madaniy chiqishlar, badiiy dasturlar va ko‘ngilochar namoyishlar bo’lib o’tdi.
Tadbir dasturidan milliy sport va xalq o‘yinlari ham muhim o‘rin egallagan. Jumladan, arqon tortish, tosh ko‘tarish, varrak uchirish, kurash hamda “lanka” milliy o‘yini bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tadbir davomida 100 kilogramm osh tayyorlanib, mehmonlar va ishtirokchilarga tortiq etiladi. Bu esa o‘zbek xalqiga xos mehmondo‘stlik an’analarining yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Mazkur tadbir milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish hamda ta’lim muassasasida ijtimoiy-madaniy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.