“NOVEL THERAPEUTICS TECHNOLOGY” KOMPANIYASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
3-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Novel Therapeutics Technology” kompaniyasi direktori A.Volgin boshchiligidagi delegatsiya bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institutning birinchi prorektori B.Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, Charm va poyabzal muhandisligi kafedrasi mudiri T.Qodirov, shuningdek Kimyo va poligrafiya muhandisligi kafedrasi professori I.Nabiyeva ishtirok etdilar.
Muzokaralar davomida tomonlar to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda bir qator boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Delegatsiya institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishib, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti laboratoriyalari ishiga yuqori qiziqish bildirdi.