Nukus shahrida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol qatnashdi
9-noyabr kuni Nukus shahrida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol qatnashdi. Ushbu loyiha mamlakat boʻylab atrof-muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida boshlangan boʻlib, har yili 200 million daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni oʻz ichiga oladi. Loyiha orqali shahar va qishloqlarda yashil hududlarni 30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.