Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan OTM matbuot kotiblari uchun seminar-trening tashkil etildi
16-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda SMM Maktab bilan hamkorlikda “PR va SMM: universitetlar uchun
zamonaviy yondashuv” mavzusidagi seminar-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i N. Oripov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari N. Abduqunduzova hamda SMM Maktab loyiha rahbari K. Baxtiyorzoda
ochib berdi. Ular o‘z ma’ruzalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati, universitetlar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va ularning brendini to‘g‘ri pozitsiyalash
zaruriyati haqida gapirib o‘tdilar.
Seminarning birinchi kunida qatnashchilarga qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.