"Ona tili - millatning ruhidir"
Til qalb tarjimoni. Chunki har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So‘ngra so‘zlarda jilolanib tinglovchiga yetkaziladi.
22 oktyabr sanasida "Ona tili - millatning ruhidir" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Talaba yoshlarimizning milliy o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, Ona tilimizni ulug‘lash va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira va jurnalist Munira Ramazonova ishtirok etib, til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so‘zlash, aloqa-munosabat vositasi bo‘lgani bois hamisha jamiyat ravnag‘ining asosiy mezonlaridan biri bo‘lib kelganligi, o‘zbek tili o‘zbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, o‘z siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan maʼnaviy yutug‘i ekanligi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.