"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amaliy tashabbus
17-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida "Bunyodkor yoshlar" qurilishi otryadi faoliyati doirasida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi.
Tashabbuskor ko‘ngilli talabalar tomonidan Talabalar shaharchasida qurilish va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etildi. Shuningdek, talabalar turar joyi hududida tozalash, atrof-muhitni tartibga keltirish kabi ishlar amalga oshirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, jamoaviylik va mas'uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.