Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori "Talabalar bilan 1 kun" shiori ostida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi
Nodir Mirzayev talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning muammolarini tinglash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Prorektor talabalarning yashash sharoitlari, darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotgani, TTJda yaratilgan madaniy va sport infratuzilmalarini o’rgandi.
Shuningdek, prorektor TTJda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Yotoqxona xonalari, oshxona, kutubxona, darsga tayyorlanish xonalari va sport zallarining holati bilan yaqindan tanishdi. Ko‘rilgan ishlar natijasi ijobiy baholanib, ba’zi jihatlarda yana takomillashtirish kerakligi alohida qayd etildi.