10:06 Seshanba 01 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Qadrli yoshlar, aziz talabalar!

30.06.2025
18

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni chin qalbimdan, institutimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Bu muhim sana – mustaqil Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan, bilim va tafakkur yo‘lida sobitqadam olg‘a borayotgan siz kabi yoshlar uchun yuksak e’tirof, e’tibor va ishonch ramzidir.

Siz – millatimizning faxri, xalqimiz orzularining ro‘yobini ta’minlovchi, ertangi kunimizni bunyod etuvchi azmu shijoatli avlodsiz. Sizning har bir intilishingiz, har bir tashabbusingiz, har bir yangilik sari qo‘ygan qadamingiz nafaqat o‘zingiz uchun, balki butun jamiyat uchun bebaho boylikdir.

Bugungi zamon bu raqobat, innovatsiya, intellektual salohiyat va bilim davridir. Aynan shunday muhitda siz, aziz talabalarimiz, o‘z o‘rningizni topishingiz, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, o‘z sohangizda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi sifatida biz sizning intellektual o‘sishingiz, kasbiy shakllanishingiz va kelajakda o‘z mustahkam o‘rningizni topishingiz uchun doimo yordamga tayyormiz. Har bir g‘oyangiz, har bir loyihangiz, har bir muvaffaqiyatingiz biz uchun faxr va iftixordir!

Yoshlik – bu orzu, bu jasorat, bu yangi marralarni zabt etish vaqti. Sizlardan chin dildan iltimosim hayotingiz davomida o‘z orzu va maqsadlaringiz sari qat’iyat bilan intiling. Vatanni seving, ota-onangiz ishonchini oqlang, mehnatga hurmat, bilimga chanqoqlik, el-yurtga sadoqat sizning hayotiy shioringiz bo‘lsin.

Ishonchim komilki, orangizdan ertaga yurtimiz iqtisodiyotiga, sanoatiga, faniga, ta’limiga ulkan hissa qo‘shadigan, xalqaro miqyosda yurtimiz nomini munosib tarzda tanitadigan buyuk shaxslar yetishib chiqadi.

Sizga sihat-salomatlik, ulkan zafarlarga boy hayot, cheksiz ilhom va bardavom omadlar tilayman!

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

——————————————————————————

Davron Vaxabov,
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori

Rasmiy sahifalarimiz👇

Saytni yangi dizayni yoqdimi?